Xitoyning Xiaomi kompaniyasi so‘nggi vaqtda turli aqlli gadjetlarni yaratishda davom etmoqda. Bu gal xitoylik shovvoz Mi Alarm Clock nomli aqlli budilnikni taqdim qildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Yangi gadjet foydalanuvchini yoqimli musiqalar bilan asta-sekin uyg‘otishi mumkin. Qurilmada svetodiodli yorug‘lik foni ko‘zda tutilgan, unga signal o‘chiradigan yirik tugma o‘rnatilgan. Bundan tashqari, gadjetni Mi App ilovasi orqali smartfondan sozlash imkoniyati mavjud. Mi Alarm Clock birlamchi parametrlar bo‘yicha o‘rnatilgan standart signallarga ega, biroq foydalanuvchi smartfondagi istalgan ohangni ham sozlasa bo‘ladi. Eng qizig‘i, budilnik nafaqat uyqudan uyg‘onishga, balki sokin musiqalar ostida uyquga ketishda ham yordam beradi.
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, gadjetga turli ovoz balandliklarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or dinamik o‘rnatilgan. Mi Alarm Clock 30 dollar narxida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?