21:22 / 11.03.2015
8 264

2014 yil natijalariga ko‘ra Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlar bozorida etakchi bo‘lgan

2014 yil natijalariga ko‘ra Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlar bozorida etakchi bo‘lgan

Statista kompaniyasi o‘tgan yil davomida butun dunyo bo‘ylab 6,8 mln dona “aqlli” soat sotilganini aytmodqa. Bunday qurilmalarning o‘rtacha narxi 189 dollarni tashkil etgan.

Statista “aqlli” soatlar deganda “vaqtni ko‘rsatuvchi qo‘lda taqib yuriladigan va internetga simsiz ulana oladigan” qurilmani tushunadi. Ya’ni bunday qurilmalarga fitnes-bilakuzuklarining ba’zi modellari ham kiritilishi mumkin.

Bu bozorda Samsung so‘zsiz etakchilik qilmoqda: bu kompaniya o‘tgan yilning 12 oyi mobaynida taxminan 1,2 mln dona aqlli-soat sotgan va shu tariqa bozorning 17,6 foizini egallagan.

Bozorning bu sektorida 2-o‘rinni Pebble soatlari egallamoqda: o‘tgan yil natijalariga ko‘ra bu qurilmalardan taxminan 700 dona sotilgan, bu bozorning 10,3 foizini tashkil qilgan. 3-o‘rinni 600 ming nusxada sotilgan va bozorning 8,8 foizini egallagan Fitbit qurilmalari egallamoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2014 yil natijalariga ko‘ra Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlar bozorida etakchi bo‘lgan