Xitoyning Weibo nomli mikroblogida Meizu kompaniyasining hali taqdim etilmagan M1611 modelidagi smartfonining suratlari e’lon qilindi. Bu haqda "Terabayt" nashri xabar berdi.
Suratdagi telefon plastik korpusda ishlangan va 2.5D oynasi bilan himoyalangan. Shunga qarab mutaxassislar yangi modelning arzon Blue Charm seriyasiga tegishli ekanini taxmin qilishmoqda.
Yangi model 5 dyuymli Full HD ekran, 64-bitli sakkiz yadroli 1,8 GGs chastotada ishlaydigan MediaTek Helio P10 prosessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma sig‘imi 3000 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.
Hozircha Meizu M1611 modelining qachon taqdim etilishi ma’lum qilinmagan. Smartfon taxminan $134 narxida sotuvga chiqarilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi