6 164
Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilarini ro‘yhatdan o‘tkazish 31 oktyabr kuniga qadar uzaytirildi
Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) halqaro mobil ilovalar tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish vaqti uzaytirilgani haqida xabar beradi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Bugungi kunda O‘zbekistondan tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan guruhlar soni 100ga etdi. So‘ngi payt mobaynida dasturga bo‘lgan katta qiziqish uyg‘ongani sabab, ro‘yhatdan o‘tish muddatini uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, biz eng ko‘p sonli ishtirokchilarga o‘z iqtidorlarini namoish etishlari uchun imkon beramiz”.
31 oktyabr kuniga qadar O‘zbekistonda mobil ilova joriy qilgan har bir mutaxassis www.eurasiamobilechallenge.com saytida ro‘yhatdan o‘tib, 2017 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan birinchilikning hududiy bosqichiga uch yo‘llanmadan birini olishi mumkin. Hududiy bosqich g‘olibi I, II va III o‘rin uchun mos ravishda umumiy narxi $20 000, $15 000 va $10 000 mioqdoridagi pullik sovrinlar va devayslarni qo‘lga kiritadi.
Tanlov ishtirokchilarining ishlari har bir ishtirokchi-mamlakatning soha ekspertlari tomonidan novatorlik, muhimlik, universallik va noyoblik mezonlari bo‘yicha baholanadi. Tanlovning finali 2017 yilning fevral oyida Barselonadagi Mobile World Congress doirasida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi