Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 10000 mA/st sig‘imiga ega Mi Power 2 nomli tashqi akkumulyatorni taqdim etdi. Gadjet bor-yo‘g‘i 12 dollar narxida sotuvga chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchining qayd qilishicha, tashqi akkumulyator bir nechta qurilmalarni to‘liq quvvatlashga etar ekan. Tashqi tarafdan aksessuar kompaniyaning boshqa shu turdagi mahsulotlaridan katta farq qilmaydi. Mi Power 2 korpusi alyuminiydan ishlangan, o‘lchamlari ixcham, ergonomikasi qulay. Unda 4 ta micro-USB port, 4 ta svetodiod va quvvat tugmasi ko‘zda tutilgan.
Eng qizig‘i, gadjet tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli ta’sirlardan (elektr tokining sakrashi, qizish, yuqori kuchlanish sabab kuyib qolish, qisqa tutashuv) 9 pog‘onali maxsus himoya bilan ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi
Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar