12:54 / 18.10.2016
5 934

Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin

O‘tgan oyda Janubiy Koreyaning Samsung Electronics va Xitoyning Mediatek kompaniyalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishishdi. Kelishuv natijasiga ko‘ra Xitoyning Mediatek firmasi koreyalik gigantga prosessorlar etkazib berishi tasdiqlangan.

Yaqinda turli benchmarklarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avloddagi Galaxy Grand Prime+ modeli Samsung’ning Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. Antutu’da mazkur smartfon haqida berilgan tafsilotlarda Mali-T720 rusumidagi grafik adapter o‘rnatilgan MediaTek MT6737T prosessori ko‘rsatilgan.

Antutu’da keltirilgan axborotda Galaxy Grand Prime+ telefoni 5,5 dyuymli aniqligi 960 x 540 piksel bo‘lgan ekran, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi yozilgan. Shuningdek, smartfonga 8 MPli asosiy va 5 Mpli old kamera modullari o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 3 hafta oldin Geekbench benchmarkida ham mazkur smartfonga qarashli ayrim tafsilotlar ma’lum qilingan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin