Dyson firmasining Dyson V8 nomli yangi simsiz changyutgichi futuristik dizayn va qulay ergonomik xususiyatlarga ega. Shuning uchun undan nafaqat pollarni tozalashda, balki boshqa notekis yuzalarni saranjom-sarishta qilishda ham foydalansa bo‘ladi.
Changyutgichni bir marta to‘liq zaryadlab, uni 40 daqiqa davomida ishlatish mumkin. Gadjet 5 yillik faol foydalanishga mo‘ljallangan. Akkumulyatorni 700 martagacha qayta zaryadlash mumkin. Changyutgich konteynerini chiqindilardan tozalash paytida siklon tizimi yuqoriga ko‘tariladi, silikon gardish esa undagi barcha chang va qoldiqlarni yaxshilab bartaraf etadi.
Modelga quvvati 425 Vt bo‘lgan raqamli dvigatel o‘rnatilgan. U avvalgi Dyson changyutgichidagi motordan 75 Vt ortiqroq quvvatga ega, biroq shovqin darajasi 50 foizga kamroq.
Dyson V8 changyutgichining og‘irligi — 2,6 kg. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan narxi 750 dollar atrofida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi