00:27 / 19.10.2016
5 997

NVIDIA Pascal bazasida yangi GeForce GTX 1050 va 1050 Ti videokartalarini chiqardi

NVIDIA Pascal bazasida yangi GeForce GTX 1050 va 1050 Ti videokartalarini chiqardi

NVIDIA kompaniyasi Pascal arxitekturasida ishlangan yangi videokartalarni taqdim qildi. Boshlang‘ich darajadagi GeForce GTX 1050 va 1050 Ti kartalari yangi geymerlarga, asosan, MOBA (Multiplayer Online Battle Arena) o‘yinlariga qiziqadigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Har ikkala karta 60 ta kadrli chastota bilan Full HD formatidagi o‘yinlarni o‘ynashga imkoniyat beradi.

GeForce GTX 1050 va 1050 Ti qurilmalari GP107 chipi asosida yaratilgan. NVIDIA GeForce 1050 Ti 768 ta CUDA yadrosi, 48 ta teksturali blok, 32 ROP, 128-bitli shinaga ega 4 GBli videoxotira bilan ta’minlangan. Yadro chastotasi 1290 MGsni tashkil qiladi, o‘tkazish imkoniyati soniyasiga 112 GBgacha.

NVIDIA GeForce GTX 1050 versiyasi esa 768 ta CUDA yadrosi, 40 ta teksturali blok, 32 ROP, 128-bitli shina bilan ta’minlangan 4 GBli GDDR5 xotiraga ega. Yadro chastotasi — 1354 MGs.

Har ikkala videokartani 8 noyabrgacha sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Narxlari hali e’lon qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NVIDIA Pascal bazasida yangi GeForce GTX 1050 va 1050 Ti videokartalarini chiqardi