16:59 / 19.10.2016
6 917

UMS Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3G tarmog‘ini rivojlantirmoqda

UMS Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3G tarmog‘ini rivojlantirmoqda

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori shu yilning oktyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida UMTS 2100 standartida ishlaydigan 13ta yangi baza stansiyasini o‘rnatdi.

Kompaniya butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 3G tarmog‘i qamrovini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Buning uchun u nafaqat yirik shaharlar va tuman markazlarida, balki chekka hududlarda ham baza stansiyalarini o‘rnatib kelmoqda. Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rnatilgan ob’ektlarning foydalanishga topshirilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

3G tarmog‘i qamrovi Nukus shahrining o‘zida va shu bilan birga tuman markazlari bo‘lgan Beruniy, Xo‘jayli, Bo‘ston, To‘rtkul shaharlarida kengaytirildi. Bu borada UMS kompaniyasi Qo‘ng‘irot tumanining Qirqqiz va Beruniy tumanining Beruniy qishloqlari aholisini ham o‘nutgani yo‘q. Shuningdek, To‘rtko‘l tumanidagi Sh.Rashidov nomli fermer ho‘jaligi ham uzluksiz aloqa va Internet bilan ta’minlandi.

Har bir yangi baza stansiyasi – aholi uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lib, iloji boricha ko‘proq abonentlarga doimiy yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etish imkoniyatini beradi. Aholinining ma’lumotlar uzatish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganini inobatga olgan xolda aynan shu yo‘nalishda ishlarni olib borish biz uchun ustundir, - deya ta’kidladi «UMS» MChJ texnik direktori Olga Filatova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3G tarmog‘ini rivojlantirmoqda