09:21 / 21.10.2016
6 001

Seagate sig‘imi 5 TB bo‘lgan qattiq diskni sotuvga chiqarmoqchi

Seagate sig‘imi 5 TB bo‘lgan qattiq diskni sotuvga chiqarmoqchi

Garchi bugungi kunda kelajakda SDD-to‘plagichlarning qamrovi yanada oshishi haqida ko‘p prognozlar aytilayotgan bo‘lsa-da, kompyuter disklari sohasida etakchilardan hisoblangan Seagate kompaniyasi 2,5 dyuymli 5 terabayt sig‘imga ega BarraCuda ST5000 HHD-to‘plagichini sotuvga chiqaradi. Diskning qalinligi 15 mm bo‘lgani sabab, undan faqat stasionar kompyuterlarda foydalanish mumkin. Noutbuklar uchun Seagate qalinligi 7 millimetrli sig‘imi 2 TB bo‘lgan BarraCuda ST2000LM015 qattiq diskini taklif qilmoqda.

BarraCuda ST5000 qattiq diskidagi shpindelning belgilangan tezligi daqiqasiga 4000 aylanishni tashkil qiladi, kesh hajmi – 128 MB. Faol ishlash natijasida energiya iste’moli 2,1 Vattgacha etishi mumkin, o‘rtacha ishlash holatida bu ko‘rsatkich 1,1 Vt atrofida bo‘lishi qayd etilgan. 5 TBli qattiq disk ikki yillik kafolat xizmati bilan birgalikda 85 dollar narxida sotuvga qo‘yiladi. Noutbuklarga mo‘ljallangan 2TBli BarraCuda ST2000LM015 diskining narxi – 55 dollar. Taqqos uchun 2,5 dyuymli qalinligi 7 mm bo‘lgan 4 TB sig‘imli Samsung tomonidan taklif etilayotgan SSD-to‘plagich 1500 dollar narxida sotiladi.

Hozircha yangi Seagate disklarining sotuvga chiqish sanasiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Seagate sig‘imi 5 TB bo‘lgan qattiq diskni sotuvga chiqarmoqchi