00:30 / 22.10.2016
6 756

Samsung Galaxy C9 Pro haqidagi tafsilotlar anonsgacha oshkor bo‘ldi

Samsung Galaxy C9 Pro haqidagi tafsilotlar anonsgacha oshkor bo‘ldi

Bugun Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Xitoyda Galaxy C9 Pro smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Biroq mazkur modelga tegishli muhim tafsilotlar TMall nomli riteyler tomonidan taqdimotgacha oshkor etildi.

Terabayt.uz saytida yozilishicha, Samsung Galaxy C9 Pro modeli to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, antenna chiziqlari yangi dizaynda ishlangan. Unga diagonali 6 dyuymli Full HD aniqligidagi AMOLED ekran, 16 MPli asosiy kamera, 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Model sakkiz yadroli Snapdragon 653 prosessorida ishlaydi. Doimiy xotira sig‘imini 256 GBgacha bo‘lgan microSD-karta yordamida kengaytirish mumkin.

Qurilmaga o‘rnatilgan akkumulyatorning sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lib, tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet Android 6.0.1 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatadi. Samsung Galaxy C9 Pro smartfoni 470 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy C9 Pro haqidagi tafsilotlar anonsgacha oshkor bo‘ldi