O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi aloqa operatorlariga aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikasiya xizmatlari sifatini yaxshilash vazifasi topshirildi, deb Kun.uz yozmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda, telekommunikasiya operatorlari rahbarlari e’tibori bu sohadagi xizmatlar sifatini yaxshilash muammosiga qaratildi.
Unda, mobil internet va mobil aloqa sifatini doimiy ravishda nazorat qilish zarurligi uqdirilgan.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspeksiyasiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmati sifatini aniqlashning yangi, zamonaviy usullarini qisqa muddatda ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Shu bilan birga, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot markazlari xodimlarining murojaatlar va arizalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha professionalligini oshirish lozimligi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi