Garchi Kanadaning Blackberry kompaniyasi bundan buyon smartfonlar tayyorlamasligi haqida rasmiy bayonot bergan bo‘lsa-da, mazkur brend nomi ostida boshqa vendorlar turli qurilmalar ishlab chiqarishda davom etmoqdalar. Kuni kecha kompaniya renderlari anchadan beri tarmoqda mavjud bo‘lgan Blackberry DTEK60 smartfonini rasman taqdim etdi.
Yangi model TCL smartfoni bazasida yaratilgan bo‘lib, tashqi tarafdan Alcatel Idol 4S qurilmasiga o‘xshab ketadi.
Ferra nashrining ma’kul qilishicha, Blackberry DTEK60 modeliga barmoq izi skaneri, 5,5 dyuymli Quad HD ekran, 21 MPli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan. Gadjet Qualcomm Snapdragon 820 prosessorida ishlaydi, 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, ichki xotirani microSD-karta yordamida 2 TBgacha kengaytirish imkoniyati mavjud.
Blackberry DTEK60 USB Type-C porti, 4G LTE-Advanced, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS va BeiDou modullari bilan jihozlangan. Akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Model Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatadi.
Smartfonni kompaniya sayti orqali sotuv hududiga qarab 499 yoki 579 dollar narxida xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi