18:17 / 12.03.2015
7 786

O‘zbekistonda Asus Zenfone 5 smartfoni 800 ming so‘mdan sotila boshladi

O‘zbekistonda Asus Zenfone 5 smartfoni 800 ming so‘mdan sotila boshladi

O‘zbekistonda 2014 yil boshida taqdim etilgan Asus Zenfone 5 smartfoni sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz».

Qurilma 5 dyuymli va 1280×720 pikselli IPS-ekran, Intel Atom Z2580 Cloverview prosessori, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera, 2110 mA/s sig‘imiga ega akkumulyator bilan jihozlandi.

Asus Zenfone 5 Android 4.3 Jelly Bean operasion tizimida ishlaydi. Smartfonning og‘irligi 145 grammga teng.

Poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida Asus Zenfone 5’ni 800—850 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Asus Zenfone 5 smartfoni 800 ming so‘mdan sotila boshladi