Jahon bozorida, asosan, texnologik prosessorlar ishlab chiqarish bilan tanilgan Intel firmasi 2012 yilda 27 dyuymli monoblokni namoyish qilgan edi. Mazkur kompyuter ham elektr tarmog‘idan, ham o‘rnatilgan batareyadan ishlashi bilan barchaning e’tiborinit tortgan. Kuni kecha tarmoqda firmaning mazkur monoblokka o‘xshash qurilmasining tasvirlari paydo bo‘ldi. Aftidan, Intel bundan 4 yil oldin tayyorlagan monoblokini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan ko‘rinadi.
Terabayt nashrining xabar berishicha, mazkur patentda bo‘lajak qurilmaning dizayni tasvirlangan. Uning texnik ko‘rsatkichlari va boshqa imkoniyatlari borasida hozircha hech qanday ma’lumot mavjud emas. Patentda yirik planshetning yuqori va quyi qismiga dinamik o‘rnatilishi haqida so‘z boradi, xolos. Shuningdek, monoblok/planshet yengil transformasiya uchun tutqichga ham ega bo‘lishi qayd etilgan.
Hozircha yangi modelga qaysi o‘lchamdagi displey o‘rnatilishi noma’lum. Intel ushbu qurilmani kelasi yil boshida o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarning birida taqdim etishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin