Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi kuni kecha Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonni namoyish qildi. Hozircha model faqat Janubiy Koreyada sotiladi, deya xabar bermoqda LG bilan aloqador saytlardan biri.
LG U xuddi Nexus 5X singari 5,2 dyuymli Full HD 1080p (1080 x 1920 piksel) aniqligidagi displey, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Model o‘lchamlari (147,6 x 73,2 x 7,7 mm) va og‘irligi (135 gramm) bilan Google uchun chiqarilgan smartfonga juda yaqin. Gadjetga 1,4 GGs chastotadagi Snapdragon 4xx prosessori, 3000 mA/st sig‘imli batareya, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan.
Doimiy xotira sig‘imini microSD-karta yordamida kengaytirish mumkin.
Model Janubiy Koreyada LG U+ mobil operatori tomonidan 340 dollar narxida uchta rang versiyalarida sotilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi