00:21 / 30.10.2016
6 256

Samsung sifat nazorati tizimini tubdan isloh qiladi

Samsung sifat nazorati tizimini tubdan isloh qiladi

Hech qaysi elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya nuqsonli mahsulot tayyorlashdan kafolatlanmagan. Garchi Galaxy Note 7 sabab Samsung kompaniyasi barcha mazkur modeldagi smartfonlarni chaqirib olishni boshlagan bo‘lsa-da, bu holat texnologiya mutaxassislarini unchalik ajablantirmadi. Sababi soha vakillari bunday hodisa istalgan brend bilan yuz berishi mumkinligini yaxshi anglaydilar.

Terabayt.uz saytining 3D Newsga tayanib xabar qilishicha, Samsung kompaniyasining bosh direktori va rais o‘rinborasi Ox Xyun Kvon firma aksionerlari bilan yaqinda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishlab chiqariladigan qurilmalarning sifat nazoratini tubdan o‘zgartirishini ma’lum etgan. Biroq rasmiy vakil sifat nazorati tizimining qaysi jabhalarida o‘zgarish yuz berishi yoki mazkur vazifaning qay tarzda bajarilishiga aniqlik kiritmagan. Shunday bo‘lsa-da, ushbu qarorning o‘ziyoq Janubiy Koreya texnologiya gigantining maqsadi jiddiyligini isbotlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasining 2016 yil avgust oyi boshida taqdim etilgan Galaxy Note 7 fableti batareyadagi nosozlik sabab yonib ketishni boshlagan. Jahon bo‘ylab sodir bo‘lgan yuzlab mana shunday holatlar va mijozlarning e’tirozi tufayli kompaniya 11 oktyabrdan boshlab ushbu smartfonni ishlab chiqarishni rasman to‘xtatishga qaror qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung sifat nazorati tizimini tubdan isloh qiladi