14:34 / 31.10.2016
7 316

TCL firmasi 65 dyuymli P1 Smart LED TV televizorni sotuvga chiqardi

TCL firmasi 65 dyuymli P1 Smart LED TV televizorni sotuvga chiqardi

Xitoyning maishiy texnika va smartfonlar ishlab chiqaruvchi TCL kompaniyasi 65 dyuymli P1 Smart LED TV televizorni sotuvga chiqardi. Hozircha modelni faqat Hindistonda Amazon orqali xarid qilish mumkin.

Model anchagina yupqa korpusga ega, ba’zi qismlari xrom-metalldan ishlangan. Ekran aniqligi Ultra HD formatida (3840x2560 piksel). Televizor 64-bitli Cortex A53 prosessorida ishlaydi, IPTV uchun yuqori tezlikdagi Dual Band 802.11 2×2 Wi-Fi moduli xizmat qiladi.

Gadjetda 3 ta HDMI port ko‘zda tutilgan. nScreen ilovasi yordamida televizorni mobil telefondan boshqarish imkoniyati mavjud. Televizor ayni vaqtda Hindistonda 1200 dollar narxida sotilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TCL firmasi 65 dyuymli P1 Smart LED TV televizorni sotuvga chiqardi