So‘nggi yillarda smartfon shunchaki aloqa vositasi vazifasini bajarish doirasidan chiqib, qo‘shimcha turli funksiyalarni ham amalga oshiradigan qurilmaga aylandi. Xususan, smartfonning internet tarmog‘i bilan bog‘lanishdagi ahamiyati juda katta. Mazkur tendensiyani yaxshi tushungan smartfon ishlab chiqaradigan kompaniyalar hozirda, asosan, ekran diagonali 5 dyuymdan yirik bo‘lgan qurilmalarni sotuvga chiqarishmoqda.
Biroq bunday katta ekranli qurilmalarni bir qo‘l bilan boshqarish qiyin va noqulay. Ayniqsa, ko‘plab boshqarish elementlari ekranning yuqori qismida joylashganda mazkur noqulaylik yanada ortadi. Terabayt.uz nashrining yozishicha, Google kompaniyasi mazkur ergonomik muammoni oldindan anglagan holda Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini ekranning quyi qismiga joylashtirishga qaror qilishdi. Hozircha bunday funksiya faqat Chrome Beta va Chrome Canary dasturlarida mavjud.
Beta-sinovlar yakunlangandan so‘ng ushbu funksiya brauzerning Android ilovasida paydo bo‘ladi. Hozircha chiqish muddatiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi