Ko‘plab iPhone foydalanuvchilari Facebook ilovasini yangilangandan keyin qurilma ishida nosozliklar sodir bo‘layotganidan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda Terabayt.uz sayti xabar bermoqda.
Facebook ilovasining iOS platformasiga mo‘ljallangan versiyasi 20 oktyabr kuni iTunes servisiga yuklangan edi. iPhone SE va 6s modellarining foydalanuvchilari yangi ilova o‘rnatilgandan keyin qurilma o‘chib yongani, biroq ishga tushmagani haqida xabar berishdi. Ekranda Apple logogiti yonib turavergan, biroq qurilma ishga tushmagan. Faqat iTunes o‘rnatilgan kompyuter yordamida telefonni qayta “hayotga qaytarishga” muvaffaq bo‘lingan.
Mutaxassislar ilovani o‘rnatishdan oldin smartfondagi ma’lumotlarni bulut xotira bilan sinxronlashni tavsiya etishgan. Aks holda noto‘g‘ri o‘rnatish sababli qurilmadagi fayllar o‘chib ketishi mumkin ekan.
Hozircha Apple va Facebook mazkur holat bo‘yicha izoh berishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!