16:57 / 13.03.2015
6 551

Twitter sobiq sevishganlarning ishqiy fotosuratini ularning ruxsatisiz chop etishni taqiqlab qo‘ydi

Twitter sobiq sevishganlarning ishqiy fotosuratini ularning ruxsatisiz chop etishni taqiqlab qo‘ydi

Twitter o‘z sahifalarida sobiq sevishganlarning biri tomonidan ikkinchi tomonni shantaj qilish yoki munosabatlarning uzilgani uchun qasos olish sifatida chop etiladigan, revenge porn nomi bilan ma’lum bo‘lgan intim fotosuratlar va videoyozuvlarni joylashtirishni taqiqlab qo‘ydi.

Qoidalarning “Maxfiy axborot” va “Haqorat qiluvchi harakatga nisbatan siyosat” bandlariga o‘zgartirish kiritildi. Ularga quyidagi talab kiritildi: “Intim fotosuratlar va videoyozuvlarda tasvirlangan shaxslarning ruxsatisiz yaratilgan va tarqatiladigan bunday fotosuratlar va videoyozuvlarni chop etish taqiqlanadi”.

Twitter’ning yangi qoidalariga amal qilmagan qoidabuzarlarning akkauntlari to‘sib qo‘yilishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya yangi FAQ (muhim savollarga javoblar) xizmatini joriy qildi, unda yuqoridagi masala ijtimoiy tarmoqda qanday hal qilinishi tushuntirilgan va tvitter tomonidan Buzzfeed portali savollariga javoblar berilgan.

Javob berilishicha, kompaniya u yoki bu fotosurat yoki videoda tasvirlangan shaxsdan haqiqatan ham bu ma’lumotlar uning ruxsatisiz chop etilgani haqida so‘raydi, agar bu holat tasdiqlansa, unda qoidabuzarlarning akkauntlari to‘sib qo‘yiladi, tahqirlovchi ma’lumot jamoatchilik e’tiboridan berkitiladi. Shuningdek, bunday qoidabuzarlarga o‘z akkauntlariga qayta kirishlari uchun taqiqlangan fotosuratlar va videolarni o‘chirib tashlash talabi qo‘yiladi.

BuzzFeed’ning ta’kidlashicha, tvitterning ingliz tilidagi versiyasiga ushbu qoidalar 11 mart kuni kiritilgan.

Fevral oyida Twitter bosh direktori Dik Kostolo kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida internet-qoidabuzarlar bilan kurashishda qiyinchilik sezayotganini tan olgandi.

“Biz trolllar bilan samarali kurasha olmayapmiz va bu holat yillar davomida davom etib kelyapti. Bu sir emas va butun dunyo bu haqda har kuni gapiradi. Biz o‘z auditoriyamizning katta qismini trolling bilan samarali kurasha olmayotganimiz sababli yo‘qotmoqdamiz”, degan edi Dik Kostolo.

Ma’lumot uchun, «troll» atamasi ijtimoiy tarmoqlarda, forumlarda qo‘pol yoki haqoratlovchi ma’lumotlar joylashtiruvchi, boshqa ishtirokchilarni haqoratlovchi yoki munozaraga xalaqit qiluvchi kimsaga nisbatan qo‘llanadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Twitter sobiq sevishganlarning ishqiy fotosuratini ularning ruxsatisiz chop etishni taqiqlab qo‘ydi