22:22 / 03.11.2016
6 956

Android dasturining cmartfonlar bozoridagi ulushi rekord darajada o‘sdi

Android dasturining cmartfonlar bozoridagi ulushi rekord darajada o‘sdi

2016 yilning 3 choragida jahon bo‘ylab sotuvga chiqarilgan smartfonlarning miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6%ga o‘sgan (jami 375,4 mln dona).

Shundan Android dasturida ishlaydigan smartfonlarning ulushi sezilarli darajada ko‘paygan. Android smartfonlar sotuvga chiqarilgan jami smartfonlarning 87,5 foizini tashkil qilgan (jami 328, 6 mln). 2015 yilning shu davrida ushbu dasturning ulushi 84% bo‘lgan. Joriy qo‘rsatkich “yashil robot” qayd etgan eng yuqori miqdor hisoblanadi.

Apple esa joriy yilning 3 choragida jami 45,5 million dona smartfonlarni sotuvga chiqargan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga qaraganda 5,2%ga kamdir. “Olma”ning jahon smartfon bozoridagi ulushi kundan-kunga kamaymoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android dasturining cmartfonlar bozoridagi ulushi rekord darajada o‘sdi