Niderlandiyaning Philips kompaniyasi Xiaomi bilan hamkorlikda aqlli lampalar yaratishga kelishib oldi. Yangi aqlli lampalar Xiaomi taqdim qiladigan “aqlli uy” texnologiyasining bir qismi sifatida tizimga qo‘shilishi ma’lum qilingan.
Philips kompaniyasining rasmiy saytida yozilishicha, yangi lampalarni smartfondagi maxsus ilova orqali boshqarish mumkin bo‘ladi. Lampalar xitoylik gigantning savdo tarmoqlari orqali sotiladi.
Garchi ikki yirik firma bu boradagi hamkorlik to‘g‘risida endi e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroq ular shu yilning sentyabr oyida Philips Eyecare nomli LED lampani namoyish etishgandi. Mazkur aqlli lampa istalgan tomonga burilishi, yorqinlikni foydalanuvchining holatiga qarab yo‘naltirishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Ushbu lampaga Wi-Fi modul o‘rnatilgan bo‘lib, uni smartfon orqali sozlash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»