Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei kompaniyasi keyingi ikki yil davomida savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQShning Apple firmasidan o‘tib ketishni rejalashtirgan.
Terabayt.uz sayti yozishicha, bu haqda kompaniyaning rasmiylaridan bo‘lgan Richard Yu ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Huawei yaqin orada Apple’dan smartfon savdosi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tib ketish uchun barcha imkoniyatlarga ega (hozir xitoylik kompaniya smartfon savdolari bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, Apple eca ikkinchi o‘rinda). Strategy Analytics statistikasiga ko‘ra, joriy yilning 3 choragida Xitoy firmasi jami 33,6 mln qurilmani sotuvga chiqargan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ushbu davrda jahon bo‘ylab sotilgan umumiy smartfonlarning 9 foizini tashkil qiladi. Apple esa 45,5 million qurilmani sotuvga chiqarib, smartfon bozorining 12 foiziga egalik qilgan.
Umuman olganda, Huawei kompaniyasida mazkur maqsadga erishish uchun imkoniyatlar etarli. Kompaniya bundan bir necha kun ilgari Germaniyada o‘zining navbatdagi flagmani, yirik ekran va jahondagi eng kuchli prosessor bilan jihozlangan Huawei Mate 9 modelini taqdim qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi