01:29 / 09.11.2016
7 425

Full HD ekranli o‘yin noutbuki ASUS ROG G701VI sotuvga chiqadi

Full HD ekranli o‘yin noutbuki ASUS ROG G701VI sotuvga chiqadi

Tayvanning ASUS kompaniyasi Republic of Gamers (ROG) seriyasiga tegishli yangi ASUS ROG G701VI noutbukini taqdim etdi. Ushbu modelning tayyorlanayotgani borasida kompaniya sentyabr oyida o‘tkazilgan IFA 2016 ko‘rgazmasida ma’lum qilgan edi.

Noutbuk kadrni yangilash chastotasi 120 Gs bo‘lgan 17,3 dyuymli Full HD formatidagi displey bilan jihozlangan. Terabayt.uz saytining yozishicha, aynan manu shu innovasiya gadjetning eng asosiy xususiyati hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda noutbuk kadrning kesilishi yoki sekin yuklanishini bartaraf etishga qaratilgan NVIDIA G-Sync adaptiv sinxronizasiya texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Videokartaga kelsak, ASUS ROG G701VI kuchli, 8 GB GDDR5X xotiraga ega fGTX 1080 diskret tezlatkichi bilan quvvatlangan. Noutbuk VR (virtual reallik) qurilmalariga ham mos keladi.

Model modifikasiyasiga qarab Intel Core i7-6820HK yoki Core i7-6700HQ prosessorida ishlaydi, unga 64 GBgacha bo‘lgan DDR4-2400 turidagi operativ xotira o‘rnatish mumkin. Portlardan USB 3.1 Type-C, uchta USB 3.0, bittadan HDMI, Mini DisplayPort va Thunderbolt slotlari ko‘zda tutilgan.

Gabaritlari — 429 × 309 × 33–35 mm, og‘irligi – 3,8 kg. Model dekabr boshida 3000 evro narxida Evropada sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Full HD ekranli o‘yin noutbuki ASUS ROG G701VI sotuvga chiqadi