WhatsApp messenjeri garchi o‘z vaqtida millionlab foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, keyinchalik imkoniyati jihatidan undan bir muncha kuchli messenjerlar ham yaratildi. Shuning uchun messenjer endilikda yanada yangi innovasiya va funksiyalarga muhtoj. Mazkur kamchilikni bartaraf etish maqsadida kuni kecha WhatsApp’ning iOS versiyasiga GIF-animasiyalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tatbiq etildi.
Rolikni GIF-animasiyasiga aylantirish uchun uning davomiyligi 6 soniyadan ortmasligi kerak. Animasiyali Live Photo yuborish uchun “Prikrepit” tugmasiga bosish kerak, shundan keyin «Vыbrat kak GIF» menyusini tanlash zarur bo‘ladi.
GIF-animasiyasidan foydalanish uchun ilovaning WhatsApp 2.16.15 versiyasini yuklab olish lozim. Hozircha WhatsApp vakillari mazkur funksiyaning paydo bo‘lgani haqida biror ma’lumot bermagan. Bunga sabab uning Android versiyaga hali qo‘llanmagani bo‘lsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi