Odatda, telefonni bloklash uchun PIN-kod yoki barmoq izi skaneridan foydalanamiz. Biroq so‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bunday usullar ham telefonni tashqi xavfdan yaxshi himoya qilolmasligi mumkin ekan.
Terabayt.uz sayti yozishicha, xakerlar Wi-Fi signali orqali smartfondagi PIN-kodni aniqlash usuli topishdi. Xakerlar buning uchun qalbaki Wi-Fi nuqtasini yaratishadi va uzatilgan signal yordamida foydalanuvchi ishlatadigan PIN-kodni bilib olishadi. Buning oqibatini anglash esa u qadar murakkab emas.
Jarayon WindTalker dasturi yordamida amalga oshiriladi: u boshqa xakerlik dasturlaridan farqli o‘laroq, foydalanuvchi bosadigan tugmalarning tovushini ham aniqlash imkoniyatiga ega. Bularning barchasi Wi-Fi tarmog‘i orqali bajariladi.
Albatta, bundan xavotirga tushish kerak emas. WindTalker dasturi samarali ishlashi uchun bir qator muayyan sozlama va sharoitlar talab etiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ma’lumot smart qurilma foydalanuvchilari uchun ahamiyatli. Ayniqsa, jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi tarmoqlarga ulanganda hushyor bo‘lish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?