Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tez orada mobil qurilmalarga mo‘ljallangan barmoq izi skanerlarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Ayni vaqtda mazkur sohada AQShning Synaptics va Shvesiyaning FPC kompaniyalari dunyoda yaqqol peshqadamlik qilmoqdalar. Bu haqda Terabayt.uz sayti yozmoqda.
Samsung bunday skanerlarni o‘tgan yilning so‘nggi choragida ishlab chiqishni boshlagan edi. 2017 yilda esa Janubiy Koreya texnologiya giganti skanerlarni sotishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Kompaniya o‘zi yaratgan barmoq izi skanerlarini avvaliga arzon va o‘rtacha narxli smartfonlariga tatbiq etmoqchi. Skanerlar amalda sinalgach, ularni S va Note seriyasidagi flagmanlarga ham o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Samsung mazkur skanerning faqat chip qismini yaratgan, qolgan modul va barmoq izini qayta ishlash algoritmi boshqa firmalar tomonidan tayyorlanadi. Dasturiy ta’minot Shvesiyaning Precise Biometrics kompaniyasi tomonidan yaratiladi. Hozirda Samsung o‘z smartfonlariga Synaptics firmasiga qarashli skanerlarni o‘rnatib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan