Chamasi bir qator raqamli texnologiya gigantlari pilotsiz avtomobil yaratishga jiddiy qiziqqan ko‘rinadi. Agar Google kompaniyasi mana bir necha yildirki pilotsiz o‘ziyurar avtomobillar ustida ish olib borayotgan bo‘lsa, avvalroq Apple firmasi ham avtomobilsozlik sohasiga kirib kelmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Kuni kecha Los-Anjeles (AQSh, Kaliforniya) shahrida o‘tkazilgan avtoshouda turli prosessorlar tayyorlashga ixtisoslashgan Intel kompaniyasining rahbari Brayan Krjanich pilotsiz avtomobil ishlab chiqilishi uchun 250 mln dollar sarmoya ajratilishi haqida ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, Intel avtomobilsozlar konferensiyada ilk marotaba ishtiroq etmoqda, bu esa uning mazkur loyihaga naqadar jiddiy yondashayotganini isbotlaydi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, Intel mazkur loyiha doirasida avtomobilga yangi raqamli texnologiyalarni ham qo‘llash maqsadida. Yuqori axborot texnologiyalari pilotsiz avtomobilning xavfsizligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va transportning samaradorligini kuchaytiradi. Ba’zi prognozlarga ko‘ra, pilotsiz avtomobillar AQSh iqtisodiyotiga bir yilda 121 milliard dollar mablag‘ni tejab qolishiga imkoniyat yaratar ekan.
Intel’ning ba’zi texnologiyalari ayni vaqtda BMW, Daimler, Hyundai, Infiniti, Jaguar XF, Kia, Lexus, Mini Cooper, Rolls Royce, Toyota va Tesla kabi avtomobilsozlar tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?