Dunyoda atigi etti nusxada bo‘lgan Koenigsegg One:1 giperkarining biri AQShda dastlabki qiymatidan besh barobar qimmatga sotildi. GTSpirit nashrining The Auto Art dizayn atelesiga tayangan holda yozishicha, giperkarga 10 mln dollar to‘lashgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Koenigsegg One:1 2014 yilda nimalarga qodirligini namoyish qilgan edi. Uning nomi quvvatining vazniga nisbatini, ya’ni bir ot kuchiga bir kilogramm mos kelishini anglatadi. Avtomobil 1341 ot kuchiga ega bo‘lgan, besh litr hajmdagi sakkiz silindrli motor bilan jihozlangan. U ikkita turbinaga ega. Avtomobil ikki uzatmali etti bosqichli avtomat quti ko‘magida harakatlanadi. Vazni ham ot kuchiga mos ravishda 1341 kgga teng.
Model bir necha marotaba tezlik rekordlarini o‘rnatgan. Giperkar Spa-Frankorsham va «Suzuka» avtodromlaridagi eng tezkor seriyali avtomobil bo‘lgan edi. U «0-300-0» ko‘rsatkichiga 17,95 soniyada erisha olgan. Bundan tashqari, ikki kilometr masofada soatiga 386 km tezlikka chiqqan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?