Janubiy Koreya hukumati Google kompaniyasining kartografik ma’lumotlardan mamlakat tashqarisida foydalanish yuzasidan berilgan so‘rovini Shimoliy Koreya bilan aloqador ziddiyatlar sabab rasman rad etgan. Terabayt.uz saytining yozishicha, Google Janubiy Koreyaga qarashli kartografik ma’lumotlarni o‘z servislari orqali ushbu mamlakat hududida piyoda va avtomobillarni oson navigasiya bilan ta’minlash maqsadida dunyoning turli burchaklaridagi serverlarga joylamoqchi bo‘lgan.
Avvalroq Janubiy Koreya rasmiylari agar qidiruv giganti o‘zining sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘liq servislaridan rejimli ob’ektlarning suratlarini o‘chirsa, yuqoridagi so‘rovga ijobiy javob berishini ma’lum qilishgan edi. Biroq Google mazkur shartga rozilik bermagan. Janubiy Koreyaning er, transport va dengiz ishlari vazirligi agar Google kompaniyasi qo‘yilgan shartlarni bajarishga rozilik bersa, ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi