2016 yilning noyabr oyida Toshkent reklama Assosiasiyasi mamlakatdagi eng ommabop muloqot kanallarini (televidenie, radio va internet) aniqlash maqsadida O‘zbekiston media bozorida tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda Uz24.uz sayti yozmoqda.
So‘rovda asosiy qismi 20-45 yosh oralig‘ida bo‘lgan 1700 nafar odam ishtirok etdi. Auditoriyani so‘rovga jalb qilish maqsadida Uznetdagi mavzuli internet-nashrlar hamda Facebook, Yandex, va Mail.ru kabi eng ommabop resurslarning reklama maydonlaridan foydalanildi.
O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 95 foizidan ortig‘i turli qurilmalardan (smartfon, planshet, noutbuk va kompyuter) foydalangan holda internetga kun davomida bir necha marta kiradilar. Foydalanuvchilarining asosiy qismi internetga kirish uchun mobil gadjetlarni ishlatadilar: respondentlarning 84 foizi internetdan smartfon orqali foydalansa, 19,3 foizi buning uchun planshetga murojaat qiladi. Desktop qurilmalar orasida esa noutbuk (59,5%) va kompyuterlarning (50,6%) ulushi ancha salmoqli.
Televizion auditoriya bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: respondentlarning 33 foizi kun davomida faqat bir marta televizor ko‘radilar, 19% televizordan kun mobaynida bir necha soat foydalanadilar, 13,8% qatnashchilar esa umuman televizor ko‘rmas ekan.
Natijalarga ko‘ra, so‘ralganlarning 45 foizi umuman radio tinglashmaydi, 14,6 foizi kunda faqat bir marta radioga quloq tutadilar va faqatgina 8% qatnashchilar faol radio tinglovchilar hisoblanadi.
Tadqiqot Ledokol Group digital agentligi, OMD Media Direction reklama agentligi va De Facto marketing agentligi ko‘magida o‘tkazildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi