14:59 / 30.11.2016
6 445

YouTube Rossiyadan ketishi mumkin

YouTube Rossiyadan ketishi mumkin

Agar xorijiy professional kontentli audiovizual servislar egalarining ulushini cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilinsa, YouTube videoxostingi Rossiya hududidan ketishi mumkin. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

«Audiovizual servis tashkilotchisi» tushunchasiga foydalanuvchilar o‘zlari ishlagan kontentlarni joylashtiruvchi YouTube ham kiradi. Manbaga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi YouTube’ning Rossiyadan ketishiga olib keladi.

Videoxosting ham professional, ham foydalanuvchi kontentga ega, biroq hozirda birini ikkinchisidan ajratuvchi usul yo‘q. Bundan tashqari, qonunning qabul qilinishi qo‘shimcha infratuzilma yaratish tufayli xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkin.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Vыmpelkom» va MTS aloqa operatorlari ham xorijiy onlayn-kinoteatrlar faoliyatining cheklanishi to‘g‘risida qonunning qabul qilinishiga qarshi chiqishmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube Rossiyadan ketishi mumkin