20:15 / 04.12.2016
7 304

Bluboo Dual – qo‘sh kamerali arzon metall smartfon

Bluboo Dual – qo‘sh kamerali arzon metall smartfon

Xitoyning Bluboo kompaniyasi bundan bir necha kun oldin o‘zining ilk qo‘sh kamerali smartfoni Bluboo Dual modelini namoyish qildi.

Terabayt.uz caytining yozishicha, smartfonga Sony tomonidan ishlab chiqarilgan 13 MPli sensor + 2 MPli qo‘shimcha kamera o‘rnatilgan. Selfi kameraning aniqligi 8 MP. Garchi modelning narxi arzon bo‘lsa-da, u to‘liq metall korpus va barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Modelga 5,5 dyuymli Sharp tomonidan tayyorlangan Full HD ekran o‘rnatilgan. Displey Gorilla Glass 4 shishasi bilan himoyalangan, uni nam barmoqlar yoki qo‘lqop bilan ham boshqarish mumkin.

Bluboo Dual to‘rt yadroli MediaTek MT6737T prosessorida ishlaydi, tezkor xotirasining sig‘imi 2 GB. 16 GB doimiy xotira va microSD slot ko‘zda tutilgan. Akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soat.

Modelning narxi 150 dollar, 18 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bluboo Dual – qo‘sh kamerali arzon metall smartfon