Alphabet xoldingi direktorlar kengashi raisi, Google’ning sobiq rahbari Erik Shmidt, avvalroq ushbu kompaniya xodimlarni ishga olishda so‘ragan an’anaviy savollardan biriga javob qaytara olmadi. Top-menejer nomzodlarga bunday savollarni berish maqbul emas, deb fikr bildirgan.
Terabayt.uz caytining yozishicha, Shmidt noyabr oyining avvalida Summit at Sea nomli konferensiyada ma’ruza qiladi. Konferensiya paytida undan o‘z vaqtida Google’ga ishga olishda beriladigan savolga javob berish so‘raladi. Biroq kompaniyaning sobiq rahbari savolni yana qayta berish, aniqlik kiritishni so‘rash bilan vaqtni cho‘zishga harakat qiladi.
Savol esa quyidagicha edi: Siz qaroqchilar kemasining kapitanisiz, tasavvur qiling, siz bir sandiq oltin topib oldingiz. Jamoangiz xazinani bo‘lishga shaylanmoqda. Agar sizning taklifingizni qaroqchilarning yarmidan kami qo‘llab-quvvatlasa, o‘lishingiz aniq. Xo‘sh, tirik qolish va xazinaning ma’lum qismiga ega bo‘lish uchun uni qay tarzda taqsimlagan bo‘lardingiz?
Hozir Google kompaniyasida yangi xodimlarni ishga qabul qilishda bunday mantiqiy savollar so‘ralmaydi. Sababi ular nomzodning layoqatini to‘liq baholashga yordam bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi