Facebook, Microsoft, Twitter va YouTube terrorizmni targ‘ib qilishga qarshi kurashish uchun ekstremistik materiallar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni boshladi. Bu haqda korporasiyalarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi «Daryo».
Qo‘shma bazada ekstremistlar tomonidan joylashtirilgan videoyozuv va grafik fayllarning o‘ziga xos identifikasiyaviy belgilari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
«Bu hamkorlik terroristik kontentni internetda tarqatish global muammosiga qarshi kurashish siyosatimizning samaradorligini oshiradi deb umid qilamiz», — deyiladi bayonotda.
Materiallar ekstremistik xarakterga ega ekanligi haqidagi qarorni har bir kompaniya mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunday ma’lumotlar avtomatik tarzda yo‘q qilinmaydi, har bir holatda tahlil qilinadi. Kompaniyalar, shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari fosh etilmasligiga va’da bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda"