Odnoklassnikidagi guruhlarga endi pul o‘tkazish mumkin

  • Texnologiya
  • 7-12-2016, 01:03
  • 995
  • Odnoklassnikidagi guruhlarga endi pul o‘tkazish mumkin

    Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i ushbu tarmoqda mavjud barcha guruhlarga foydalanuvchilar tomonidan pul o‘tkazish sozlanmasini yaratdi. Pul o‘tkazmasini istalgan guruhga yuborish mumkin. Sozlanma orqali guruh tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun pul to‘lash, minnatdorchilik bildirish, guruh rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yoki hayriya sifatida pul o‘tkazish mumkin.

    Pul o‘tkazmalarini profil rasmi ostida paydo bo‘lgan havola orqali amalga oshirish mumkin.

    Xizmatdan foydalanish uchun guruh ma’muriyati pul tushishi kerak bo‘lgan bank kartasi raqamini kiritishlari va SMS-avtorizasiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Po‘l o‘tkazmalari haqidagi ma’lumot guruh sozlanmalarining “Pul o‘tkazmalari” bo‘limida aks ettiriladi. Guruh boshqaruvchisi esa ko‘rsatilgan bank kartasiga pul kelib tushgani haqida xabarnomani yoqish imkoniyatiga ega. Kelajakda pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovini pul o‘tkazuvchilardan pul oluvchilarga yuklash rejalashtirilgan.

    MasterCard va Maestro kartalaridan pul o‘tkazilganda komissiya to‘lovi olinmaydi.