AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish hech kutilmagan holat bo‘lib, unga jamiyatning barcha qatlami bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi. Kun.uz sayti yozishicha , bunday fikr Twitter kompaniyasi asoschisi va rahbari Jek Dorsidan chiqqan.
"Saylangan prezident bizning xizmatlardan boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘lish maqsadida foydalanadi, va bu istalgan insonga u ayni damda nima haqida o‘ylayotganidan xabardor bo‘lish imkonini yaratadi. Menimcha, bu juda qiziq", - dedi Dorsi. Uning eslatishicha, Tramp jamoasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan o‘z g‘oyalarini ilgari surishda faol foydalangan.
"Avval bunday holatni hech ko‘rmagandim, - davom etadi Dorsi. – Biz yangi dunyoga qarab ketmoqdamiz. Unda barcha narsa yuzaga chiqadi va har kim buni ko‘rishi va real vaqt rejimida muhokama qilishi mumkin". Mutaxassisning tan olishicha, u "jarayon oxir-oqibat qaerga olib kelishini" bilmaydi.
Ma’lumot uchun, Tramp Oq uy uchun kurash davomida bir necha marotaba ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi haqida aytib o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, aynan Twitter va Facebook’dagi keng qamrovli targ‘ibot kampaniyalari uning saylovlarda g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi