Qualcomm Snapdragon prosessorlarida ishlaydigan ilk kompyuterlar kelgusi yilda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Bu haqda Microsoft va Qualcomm kompaniyalari kuni kecha o‘tkazilgan WinHEC 2016 konferensiyasida ma’lum qilganlar. Snapdragon 835 Windows 10 dasturiga butunlay mos keladi va bu omil ARM-prosessorlarning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchilar mobil gadjetlarda ushbu prosessor yordamida Windows dasturlari, jumladan, Win32 dasturlarini (MS Office, Adobe Photoshop va o‘yinlar) ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayon yangi emulyator orqali amalga oshiriladi. Qualcomm Snapdragon chiplari Windows qurilmalariga Wi-Fi va LTE, 5G, eSIM, barmoq izi skaneri va tezkor zaryadlash kabi funksiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday chiplar faol sovutish talab etilmaydigan va ishlash muddati uzoq bo‘lgan ixcham devayslar tayyorlashga yo‘l ochadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi