Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Tesla elektromobillariga o‘rnatiladigan mikrokomponentlar ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
Samsung tomonidan tayyorlanadigan mikrochiplardan mashinaning avtopilot tizimida foydalanilishi ma’lum qilingan. Hozircha bu haqdagi boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmagan. Biroq shunisi ma’lumki, Tesla elektromobillaridagi avtopilotning eng muhim qismini NVIDIA tomonidan yaratilgan Drive PX 2 superkompyuteri tashkil etadi.
Bundan tashqari, Samsung Lucid Motors kompaniyasiga litiy-ionli batareyalar etkazib berish bo‘yicha kelushuvgani erishgani haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilindi. Ushbu startap tez orada Tesla elektromobillariga jiddiy raqib bo‘lishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir oycha muqaddim Samsung AQShning audio/vizual mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqaradigan Harman firmasini 8 milliard dollarga sotib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi