14:39 / 14.12.2016
6 911

Xitoyda bir sutka ichida yig‘iladigan butun uy tizimi ishlab chiqildi

Xitoyda bir sutka ichida yig‘iladigan butun uy tizimi ishlab chiqildi

Sir emaski, bugungi kunda megapolislardagi uy-joyning har bir kvadrat maydoni kutilganidan ancha qimmat turadi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida Xitoy xalq arxitektura byurosi gaykali klyuch yordamida bir sutka ichida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan uy konstruksiyasini ishlab chiqdi. Mazkur uyni taxminan 10 ming dollarga xarid qilish mumkin.

Mazkur uy uchun ishlatiladigan materiallar, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. mustahkam xom-ashyolardan tayyorlangan, uy tayyor isitish modullari, elektroenergiya o‘tkazmasi va santexnika jihozlariga ham ega. Barcha qismlar o‘zaro bloklash tizimi orqali birlashtiriladi.

Uy ikkita havaskor tomonidan taxminan 24 soat ichida yig‘ilishi mumkin. Aytishlaricha, mazkur innovasion uy foydalanuvchiga Xitoyda oddiy tijorat uyi qurilishiga qaraganda 30 marta arzonroq tushadi. Uyning ichki qismidagi maydonning hajmi 27,8 kvadrat metrga teng. Uy mehmonxona, oshxona, tomdagi kichik ayvon, deraza va eshiklardan tashkil topgan. Shuningdek, uyga mobil yoki shahar kanalizasiyasiga ulangan vannaxona ham o‘rnatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda bir sutka ichida yig‘iladigan butun uy tizimi ishlab chiqildi