Smarfon yoki planshetda Wi-Fi simsiz aloqasi sezilarli darajada batareya quvvatini sarflashini hamma biladi. Ayniqsa, ushbu aloqa orqali katta hajmdagi fayllar o‘tkazilganda quvvat sarfi yanada oshadi. AQShning Vashington universiteti tadqiqotchilari joriy Wi-Fi standartidan ko‘ra 10 000 marta kam energiya sarflaydigan Wi-Fi signalini chiqaradigan texnologiyani yaratishdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti. Ishlanmaga “Passiv Wi-Fi” nomi berilgan bo‘lib, u mazkur standartdagi aloqani kelgusida butulay yangi pog‘onaga olib chiqishi aytilmoqda.
Yangi texnologiya raqamli va analogli amallarni ikkiga ajratish asosida ishlaydi. Passiv Wi-Fi signalni yuborish uchun alohida analogli tranzistordan foydalanadi, natijada mazkur signal yutiladi va kam quvvat ishlatadigan raqamli o‘tkazgichlar orqali an’anaviy paket formatida yuboriladi.
Passiv Wi-Fi texnologiyasining energiya sarfi Bluetooth LE yoki ZigBee modullariga qaraganda 1000 marta kamroq ekan. Yangi texnologiyani 2017-yilda amaliy misolda namoyish qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi