01:00 / 16.12.2016
6 840

Super Mario Run o‘yini App Store’da paydo bo‘ldi

Super Mario Run o‘yini App Store’da paydo bo‘ldi

Avvalroq saytimizda afsonaviy Super Mario Run o‘yinining iOS platformasiga mo‘ljallangan ilovasi 15 dekabr sanasida chiqarilishi haqida xabar qilgan edik.

Bugun o‘yinning uzoq kutilgan relizi bo‘lib o‘tdi. Chindan ham Super Mario Run o‘yinining iOS platformasiga mo‘ljallangan ilovasi App Store do‘koniga yuklandi. Hozircha o‘yin Metacritic resursida o‘z reytingini qayd etmagan bo‘lsa-da, mutaxassislar u Nintendo kompaniyasining yana bir olamshumul loyihasi – PokemonGo muvaffaqiyatini takrorlashiga shubha qilishmayapti. Avvalroq mazkur o‘yin doimiy internet ulanishini talab qilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

O‘yinning Android ilovasi 2017 yilning birinchi choragida chiqariladi.

Super Mario Run o‘yinini quyidagi havola bo‘yicha o‘tib yuklash olish mumkin.

Eslatma: ba’zi mamlakatlardagi App Store do‘koniga o‘yin kechroq yuklanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Super Mario Run o‘yini App Store’da paydo bo‘ldi