Xitoyning UMi kompaniyasi MediaTek Helio X27 prosessorida ishlaydigan birinchi smartfon — UMi Z modelini namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
MediaTek Helio X27 prosessori 10 ta yadro bilan ta’minlangan va boshqa analoglardan yanada tezkor ishlashi bilan farqlanadi.
UMi Z qurimasida 4 GBli operativ xotira, 32 GB doimiy xotira va ikkita SIM-karta sloti ko‘zda tutilgan. USB Type-C porti va barmoq izi skaneriga ega. Modelga Sharp tomonidan yaratilgan IGZO ekran (Full HD aniqligida), 3780 mA/soat sig‘imidagi batareya, GPS, GLONASS, Bluetooth 4.1LE va Wi-Fi 802.11a/b/g/n interfeyslari o‘rnatilgan.
UMi Z Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Asosiy va old kameralarning aniqligi — 13 MP.
Smartfon 29 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi, narxi 280 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi