13:00 / 17.12.2016
6 177

Outkitel metall korpusli U13 modelini shu oyda sotuvga chiqaradi

Outkitel metall korpusli U13 modelini shu oyda sotuvga chiqaradi

Bugun Xitoyning shiddat bilan rivojlanib kelayotgan yana bir smartfon ishlab chiqaruvchisi – Oukitel kompaniyasi to‘liq metall korpusli, butunlay yangi dizaynda ishlangan U13 modelini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti. Ushbu smartfonning suratlari joriy yilning iyul oyida tarmoqlarda e’lon qilingan edi.

Outkitel U20 kamerafonidan farqli ravishda Outkitel U13 metall korpus bilan o‘ralgan, interpolyasiya tizimiga ega 13 MP + 8 MPli qo‘sh asosiy kameraga ega. Old kameraning aniqligi 8 MP. Smartfonga sakkiz yadroli prosessor o‘rnatilgan, 3 GB operativ va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Qurilma 5,5 dyuymli 2.5D shisha bilan kuchaytirilgan Full HD aniqligidagi ekran va IK-port bilan jihozlangan.

Outkitel U13 shu oyda sotuvga chiqali. Narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Outkitel metall korpusli U13 modelini shu oyda sotuvga chiqaradi