Xitoyning TCL kompaniyasi BlackBerry brendi ostida jahon bo‘ylab smartfonlar ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Xitoy firmasi shu kungacha BlackBerry DTEK50 va DTEK60 modellarinitaqdim qilgan edi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Kanadaning BlackBerry kompaniyasi shu yilning sentyabr oyida boshqa smartfon tayyorlamasligini rasman e’lon qilib, servis va dasturiy ta’minotga e’tibor qaratishini bildirgan edi.
Ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuvsha muvofiq bundan buyon Xitoy firmasi BlackBerry nomi ostidagi smartfonlarni loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi, sotadi va servis xizmatini ko‘rsatib boradi. Garchi kelishuvda “xalqaro” degan so‘z qo‘llangan bo‘lsa-da, ushbu bitim Nepal, Bangladesh, Shri-Lanka, Hindiston va Indoneziya davlatlari uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda BlackBerry kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi 20%ni tashkil qilgan, hozirda esa ushbu ko‘rsatkich 0,1 foizgacha tushib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi