«Korea Future Technology» kompaniyasi inson harakati orqali boshqariluvchi og‘ir robot prototipini yaratdi. Robotni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etgan 3D-rassom Vitaliy Bulgarov o‘zining Facebook'dagi sahifasida shu haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Vitaliy Bulgarov bundan avval Transformerlar, Terminator filmlari hamda Starcraft 2 va World of Warcraft kompyuter o‘yinlari uchun 3D-modellarni yaratgan. Keyinchalik uni robot dizayni va erogonomikasi ustida ishlashga taklif qilishdi.
Loyihaning asosiy vazifasi — sanoatda amaliy qo‘llash uchun robotlashtirilgan platformani yaratish. Robotning aynan qaysi sohalarda qo‘llanilishi hozircha noma’lum. Bulgarovning so‘zlariga ko‘ra, u yangi loyihaga oid tafsilotlar bilan bo‘lisha olmaydi. Hozirga qadar robotning oldinga harakatlanib, qo‘llarini qimirlata olishigina ma’lum.
Bunday turdagi robotlar yapon filmlari, o‘yinlari va komikslarida juda mashhur.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!