«Kasperskiy laboratoriyasi» mobil bank «troyan»ining yangi modifikasiyasi Faketoken’ni aniqladi, u o‘yinlar va dasturlar, shu jumladan Adobe Flash Player niqobi ostida Android uchun mo‘ljallangan 2000 dan ortiq moliyaviy dasturlardan ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, deb yozadi «Daryo».
Kompaniya press-relizida aytilishicha, 27 mamlakatdan 16 mingdan ortiq kishi, asosan, Rossiya, Ukraina, Germaniya va Tailand foydalanuvchilari yangi virus qurbonlariga aylandi.
Shu bilan birga, «Kasperskiy laboratoriyasi» ekspertlari ta’kidlashicha, bank «troyan»i axborotni shifrlay olmaydi. Bunday mobil viruslarning ko‘pchiligi qurilmadagi ma’lumotlarni emas, uning o‘zini bloklab qo‘yadi, chunki ma’lumotlar bulutli servisda saqlanishi mumkin. Biroq Faketoken aynan ma’lumotlarni — ham hujjatlarni, ham mediafayllarni shifrlaydi.
Qurilma «troyan» bilan zararlansa, u administrator huquqini so‘rab, boshqa dasturlar oynalarini yopish yoki SMS bilan ishlash uchun belgilangan dasturga aylanish huquqini so‘raydi. Rad javobi berilsa, dialog oynasi doimiy ravishda qayta yuklanaveradi, natijada foydalanuvchi shunchaki rozi bo‘lishga majbur qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi