Amerikaning Apple korporasiyasi Hindiston hududida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ruxsat olishga urinmoqda, deb yozgan Kun.uz nashri.
U Hindiston hukumatidagi manbalariga asoslangan holda shu haqda ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, korporasiya rahbariyati o‘tgan oyda shunday taklifni yuborgan. Apple o‘z mahsulotlari savdosini sezilarli oshirish va shu bilan Janubi-Sharqiy Osiyodagi bozorini kengaytirishni xohlamoqda. Nashrning yozishicha, bugungi kunda kompaniyaning Hindiston smartfonlar bozoridagi ulushi 5 foizdan oshmaydi.
"Apple Hindistonda Xitoyda erishilgan muvaffaqiyatidan o‘zib ketmoqchi", - deya manbasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
1976 yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kompyuterlari, iPod musiqa pleerlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlarini hamda boshqa yuqori texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korporasiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, uning bozor kapitallashuvi oktyabr oyi oxiriga ko‘ra, 620 mlrd AQSh dollaridan oshib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»