O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Tojikiston va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi Rustam Azimov 27 dekabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Emomali Rahmon O‘zbekiston rasmiy davlat delegasiyasining Tojikistonga qilgan mazkur tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni bundan buyon rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Tojikiston rahbari O‘zbekistonning ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklashiga oid tashabbusini ijobiy baholashini aytib o‘tdi.
U tojik xalqi temir yo‘l uchastkalarini qayta tiklash, temir yo‘l orqali yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiya importi va eksportini tiklash, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va yengillashtirish hamda chegara masalalarini hal qilishda munosabatlarning ijobiylashuvini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport va kommunikasiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi sohalaridagi hamkorlik rivoji bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek terrorizm, ekstremizm, narkotrafik hamda boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?